MIRZAYEV Fattoh (1921.5.9. Toshkent) — kimyogar olim, Uzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1981). Texnika fanlari d-ri (1971), prof. (1973). Urta Osiyo industrial in-tini tugatgan (1945). Shuin-tda dotsent (1953), kimyotexnologiya f-ti dekani (1965—71), kafedra mudiri (1967—2000), prof. (2000-y. dan). Ilmiy ishlari q. x. ekinlari uchun zarur boʻlgan azotli oʻgʻitlarning yangi turlarini olishga oid. Qoratogʻ fosforitlarini sulfat va gumin kislotalar qoʻshib, nitrat kislota bilan qayta ishlash asosida murakkab oʻgʻitlar olish ustida tadqiqotlar olib borgan.