MISRLIKLAR

MISRLIKLAR, Misr arablari — xalq. Misrning asosiy aholisi (54,2 mln. kishi). Umumiy soni 54,6 mln. kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Arab mamlakatlari, Germaniya, Avstraliya, Kanada va b. davlatlarda ham yashaydilar. Yevropeoid irqiga mansub. Dindorlari — sunniy musulmonlar. Arab kabilalari Misrga mil. av. 1ming yillikda kirib kelishgan. Misr 7-a. da Arab xalifaligi tomonidan egallangach, arablarning mahalliy kopt (qibtiy), barbar va b. aholi bilan aralashuvi natijasida Misr arablari shakllangan. Deqqonchilik, chorvachilik, hunarman-dchilik (zargarlik yaxshi rivojlangan) bilan shugʻullanadilar.

Prev Article

MISR TILI

Next Article

MISRSHUNOSLIK