Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

MISSIONERLIK

MISSIONERLIK (missiya soʻzidan) , tabshir, mubashshirlik — biror dinga eʼtiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targʻib qilish. Missionerlik, asosan, xristianlikka xos. 4-a. dan paydo boʻlgan. 13—16-a. larda xristian missionerligi Hindiston, Xitoy, Yaponiyaga kirib bordi. Katolik cherkovida Missionerlik Ispaniya va Portugaliya imperiyalari tashkil topgach (15—16-a. lar), faoliyatini kuchaytirdi. Missionerlik Rim imperiyasiga yangi yerlarni oʻz taʼsiri ostiga olishda katta yordam berdi. Katolik missionerligiga rahbarlik qilish uchun papa Grigoriy XV 1662-y. da Diniy targʻibot kongregatsi-yasini taʼsis etdi. Missionerlik19-a. da faollashdi, ayniqsa, xristian missio-nerlari Afrikada faoliyatlarini kuchaytirdilar va oʻz mamlakatlarining siyosatini oʻtkazishga yordam berdilar.

OʻzRning «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida»gi qonuni 5moddasiga koʻra, Oʻzbekistonda har qanday Missionerlik faoliyati man etiladi.

Prev Article

MISRSHUNOSLIK

Next Article

MISSISIPI