MIYONXAT — oʻzbek, tojik, uygʻur mumtoz musiqa shakllarining tarkibiy kuy tuzilmasi. M. Sarxat (Daromad, Sarxona)dan keyin keladigan kuy boʻlagi sifatida gavdalanib, odatda, Dunasrp ulanib boradi. Maqom shoʻbalari Miyonxat larida musiqa bayoni yangi, yuqoriroq darajaga koʻtarilib, kuy rivoji oʻrta (asosiyga nisbatan kvarta, kvinta balandligidagi) pardalarda taʼminlanadi. Hajmi jihatidan 1—2 kuy davri (yaʼni, 2—4 kuy jumlasi)dan tashkil topdi. Ashula yoʻllarida bir yoki ikki sheʼriy baytni oʻz ichiga oladi. Miyonxat kuy rivoji vositasi sifatida zamonaviy bastakorlarning chrlgʻu va ashula asarlarida ham mu-him ahamiyat kasb etadi. Koʻpincha, cholgʻu asarlarida miyonxona deb yuritiladi.