MODDA

MODDA — tinch holatda massaga ega boʻlgan zarralar majmui; umumiy tinchlik massasi nolga teng boʻlmagan elementar zarralar (asosan, elektron, proton va neytron). M. gaz, su-yuklik, qattiq jism va plazma holida boʻladi. Modda — materiyanmt asosiy shakllaridan biri. Kvant mexanika, elektrodinamika va elementar zarralar fizikasi taraqqiyoti natijasida fizik reallikning Moddadan boshqa shaklda — maydon shaklida boʻlishi ham aniqlandi. Kimyoda Moddani bir kimyoviy element atomlaridan iborat oddiy va kimyoviy birikmalardan tuzilgan murakkab Modda larga boʻlish qabul qilingan.

Prev Article

MODARIXON MADRASASI

Next Article

MODDALAR ALMASHINUVI