MOLISH — oʻzbek musiqa bezaklaridan biri. Torli musiqa cholgʻulari (mas, gʻijjak, rubob)da sozanda barmoqni bir pardadan ikkinchi pardaga ohangdor, ohista sirgʻaltirish yoʻli 6-n bajariladi. Yevropa musiqa bezaklari (melizmlari)dan glissando ga mos keladi.