MONODIYA

MONODIYA (yun. — yakkaxon xonanda qoʻshigʻi) — 1) Yunonistonda joʻrsiz yoki cholgʻu (kifara, avlos) jurligidagi yakkaxon xonanda ijrosi;

2) 16-a. Italiyada yunon dramasiga taklidan yuzaga kelgan musiqa uslubi, cholgʻular akkordlari jurligida yakkaxon xonanda kuylashi (Ya. Peri, J. Kachchini, K. Monteverdilarning opera va madrigallari;

3) keng maʼnoda — har qanday bir ovozli kuy; 4) 1970-y. lardan boshlab (shu jumladan, Oʻzbekistonda) musiqashunoslar tomonidan Monodiya atamasi musiqiy tafakkur turi maʼnosida ham tushuniladi. Unda garmoniya, polifoniya yoʻnalishidagi koʻp ovozli musiqadan farkli oʻlaroq ovozlarning oʻzaro nisbatlari ichki uygʻunlikka asoslanadi; yaʼni Monodiya tarkibidagi ovozlar kuyning umumiy yoʻnalishiga boʻysunadi.

Prev Article

MONOGRAFIYA

Next Article

MONOKLINAL