MORELOS

MORELOS — Meksikaning markaziy qismidagi shtat. Mayd. 4,9 ming km2. Aholisi 1,55 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Kuernavaka sh. Shtat Koʻndalang Vulkanli Syerra togʻlarining jan. yon bagʻri va Morelos togʻlarida (oʻrtacha bal. 1500 m) joylashgan. Shim. da Popokatepetl (5452 m) harakatdagi vulkani bor. Iklimi togʻ tropik, moʻtadil nam iqlim. Kuernavaka sh. atrofida oʻrtacha oylik t-ralar 15° dan 22° gacha, yillik yogʻin 1000 mm. Shtat hududini Balsas daryosi va uning irmoqlari kesib oʻtgan. Xoʻjaligining asosini q. x. tashkil qiladi. Ekin maydonlarining maʼlum qismi sugʻoriladi. Asosiy tovar ekinlari — sholi va shakarqamish. Mevachilik rivojlangan. Oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Badiiy hunarmandchilik rivojlangan. Kuernavaka — Meksikaning eng muhim togʻ kurortlaridan biri.

Prev Article

MORELIYA

Next Article

MORENA