MOSKVA

MOSKVA, Moskvareka — RFning Moskva va qisman Smolensk viloyatlaridagi daryo. Okaning chap irmogʻi (Volga havzasi). Uz. 473 km, havzasining mayd. 17,6 ming km2. Moskva qirlaridan boshlanadi. Kolomna sh. yaqinida Oka daryosiga quyiladi. Krr, grunt va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Urtacha suv sarfi 109m3/sek. Noyab. dek. dan mart oxirigacha muzlaydi. Asosiy irmoqlari: chapda — Ruza, Istra, Yauza; oʻngda — Paxra, Severka. Moskvada suv om-borlari va toʻgʻonlar bor. 1937-y. da Moskvani Volga bilan bevosita bogʻlaydigan Moskva nomli kanal qurildi. Daryo Moskva sh. ni suv bilan taʼminlaydi. Moskva kanali orqali Moskvaga Volgadagi Ivankovo suv omboridan yiliga 1,8 km3 suv quyiladi. Moskva boʻyida Mojaysk, Zvenigorod, Moskva, Jukovskiy, Bronni-si, Voskresensk, Kolomna sh. lari joylashgan.

Prev Article

MORFOSTRUKTURA

Next Article

MOSKVA