MOVIY QIRGʻOQ

MOVIY QIRGʻOQ, Fransiya Rivyerasi — Fransiyaning Oʻrta dengiz boʻyidagi togʻli sohil qismi. Sharqda Italiya chegarasidan gʻarbda Frejyus qoʻltigʻigacha davom etgan. Shim. dan Dengiz boʻyi Alp togʻlari bilan toʻsilgan. Qirgʻoqdari qoyali, manzarali qoʻltiq koʻp. Yozi issiq, quruq; qishi yumshoq, serquyosh. Iyulningoʻrtacha t-rasi 22—23°, yanv. niki 7°. Oʻsimlik dunyosiga boy. Moviy qirgʻoq yirik kurort r-n boʻlib, bogʻ koʻp. Sohilda mehmonxona, pansionat, xususiy villalar qurilgan. Bogʻdorchilik, tokchilik, gulchilik rivojlangan. Asosiy kurortlari: Nissa, Kann, Mentona va b. M. q. da Monako davlati joylashgan.

Prev Article

MOVAROUNNAHR

Next Article

MOGADISHO