MOYAK

MOYAK, urugdon — erkaklar jinsiy bezi; yorgoq ichida joylashgan. Moyakda organizmdagi bir qancha funksiyalarga taʼsir koʻrsatadigan erkaklar jinsiy gormoni ishlanib, qonga oʻtadi. Balogʻatga yetgan davrda Moyak toʻliq yetiladi, yosh utishi b-n bir oz kichrayib boradi. Embrionda Moyak qorin boʻshligʻida belning yuqoridagi ikkita umurtqasi sohasida paydo boʻladi va tugʻilish davriga kelib yorgʻoqqa tushadi (yana k,. Jinsiy aʼzolar).

Prev Article

MOEM

Next Article

MOYAK ISTISQOSI