MOYQARAGʻAN (Calophaca tianschanica) — burchokdoshlar oilasiga mansub buta. Boʻyi 20—75 sm. Bargi patsimon, qattiqtukli, uz. 4—5 mm. Guli 2 — 8 tadan toʻdalangan. Dukkagi bir uyali, silindrsimon, uz. 22—32 mm. Urugʻi qoʻngʻir, uz. 3—4 mm. Iyun—iyulda gullab, iyul—avg. da meva tugadi. Moyqaragʻan Toshkent va Surxondaryo viloyatlarining togʻliq tumanlarida usadi. Manzarali oʻsimlik sifatida xam oʻstiriladi.