MUHAMMAD YUSUF

MUHAMMAD YUSUF (taxallusi; asl ism-sharifi Yusupov Muhammadjon) (1954.26.4, Marhamat tumani — 2001.31.7, Ellikqalʼa tumani) — Oʻzbekiston xalq shoiri (1998), jamoat arbobi. Rus tili va adabiyoti in-tining rus tili va adabiyoti f-tini tugatgan (1978). Respublika kitobsevarlar jamiyati (1978—80), «Toshkent oqshomi» gaz. (1980—86), Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti (1986—95) da turli lavozimlarda ishlagan. 1995— 97 y. lar «Tafakkur» jur. da boʻlim mudiri, 1997—2001-y. larda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida rais oʻrinbosari. 2chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati.

Muhammad Yusufning dastlabki sheʼrlari «Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati» haftaligida bosilgan (1976). Shundan boshlab respublika matbuotida uning sheʼr, ocherk va maqolalari muntazam ravishda chop etila boshlagan. Ilk sheʼrlar kitobi — «Tanish teraklar» (1985). «Bulbulga bir gapim bor» (1987), «Iltijo» (1988), «Uyqudagi qiz», «Halima enam allalari» (1989), «Ishq kemasi» (1990), «Koʻnglimda bir yor» (1991), «Bevafo koʻp ekan», «Yolgʻonchi yor» (1993), «Erka kiyik» (1995) va «Osmonimga olib ketaman» (1998) sheʼriy kitoblari nashr etilgan. Mazkur kitoblarga kirgan sheʼrlarda Muhammad Yusuf mansub boʻlgan avlodning eng olija-nob va yuksak insoniy fazilatlari bilan birga yoshlik sururi, ishq va muhabbatning nafis navolari, oʻzbekona, sodda, ayni paytda ezgu, bokira va betakror 1ʻ%Sh – * tuygʻu hamda kechinmalari oʻzining yorqin ifodasini topgan. Soʻzning badiiy imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalanish, musiqiy ravonlik, tuygʻular tinikligi, samimiylik va mayinlik, ruhiyat manzaralarini loʻnda va yakkrl ifodalay bilish Muhammad Yusuf sheʼriy uslubining yetakchi xususiyatlaridir. Uning kyalamiga mansub aksariyat sheʼrlar tanikli xonandalar tomonidan ijro etilmoqda. Muhammad Yusuf ijodi ayni gullab yashnagan paytda, Ellikqalʼa tumanida sheʼriyat muxlislari bilan uchrashish maqsadidagi ijodiy sa-farida vafot etgan. Andijonda dafn etilgan.

Toshkent shahri va Marhamat tumanidagi koʻchalardan biri, shuningdek, Andijon shaxridagi bolalar kutubxonasi va Marhamat tumanidagi sanʼat maktabi Muhammad Yusuf nomi bilan ataladi.

As: Saylanma, T., 2001.

Prev Article

MUHAMMAD SHARIF

Next Article

MUHAMMAD YUSUF MUNSHIY