MUHIDDINOV Ahmadjon (1951, Xoʻjaobod tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). Fargʻona ped. in-tining mat. f-tini tugatgan (1974). 1974-y. dan Xoʻjaobod tumanidagi 1maktabda mat. va chizmachilik oʻqituvchisi, 1995-y. dan shu maktab oʻquv boʻlimi mudiri.