MULYAJ (frans. mouler soʻzidan — qoliplamoq, quymoq) — birorbir obyektdan gips, mum, papyemasheda olingan nusxa; odatda boʻyalgan, asosan, koʻrgazmali qurol vazifasida xizmat qiladi (tabiiy yoki patologik oʻzgartirilgan tana aʼzolari, tana boʻlagi, sabzavotlar, baliklar va b.). M. naturadan olingan qolipda quyiladi yoki oʻlchovlar asosida koʻldatayyorlanadi. Haykaltaroshlikda baʼzan murdaning yuzidan (niqob), mashhur kompozitorning kulidan olingan, oʻquv maqsadlarida mumtoz asarlardan turkumli takrorlab qilingan nusxa ham Mulyaj deb ataladi.