MUNABBAT

MUNABBAT (arab. — oʻstirmoq) — toʻgʻri toʻrtburchak shaklli asosga ega boʻlgan naqsh taqsimi. Munabbatning toʻrt tomonga qarab takrorlanishidan naqsh mujassamoti yaratiladi. Naqqosh M. ning toʻrtdan bir qismini chizib oladi, sungra shu chizmadan foydalanib naqsh axtasi (ulgi)ni tayyorlaydi. Axta yordamida bezatiladigan sathga tushirilgan Munabbat buyama, uyma, tirnama usullarda ishlanadi. Munabbat Oʻrta Osiyo naqqoshligida, ayniqsa, katta yuzadarni bezashda kup qoʻllanadi. Mujassamotiga kura, Munabbatning usimliksimon (islimiy M., M. i gulzor), xandasiy (girih M.), ramziy va b. turlari bor.

Prev Article

MUMTOZ MAHAL BEGIM

Next Article

MUNAJJIMLIK