MUNAVVARQORI

MUNAVVARQORI, Abdurashidxonov Munavvar qori (1878, Toshkent — 1931.23.4, Moskva) — Oʻrta Osiyo jadidchilik harakatining yoʻlboshchisi, 20-a. oʻzbek millim mat-buoti va yangi usuldagi milliy maktab asoschisi, yangi milliy teatr tashkilotchilaridan biri, adib va shoir. Tosh-kentning Shayxontohur dahasidagi Darxon maxallasida ziyoli oilasida tugʻilgan. Otasi Abdurashidxon Soti-boldixon oʻgʻli mudarris, onasi Xosi-yat otin Xonxoʻja Shorahimxoʻja mudarris qizi otinoyi boʻlgan. U oklada uchinchi oʻgʻil boʻlib, katta akalari Aʼzamxon (1872—1919) va Muslimxon (1875— 1954) muallim boʻlishgan. Otasidan yosh yetim qolgani tufayli dastlabki taʼlimtarbiyani onasidan olgan. Soʻng oʻz davrining mashhur oʻqituvchisi Usmon domladan ilmi qiroat va tajvidni oʻrganib, hofizi Qurʼon boʻlgan. 1885—90 y. larda Buxorodagi Mirarab madrasasida tahsil olgan, ammo tahsilni oxiriga yetkazmay, Tosh-kentga qaytib, imomlik va muallimlik bilan shugʻullangan. Eshonquli dodxoh madrasasida tahsilni davom ettirgan. 1901-y. da usuli jadid maktabini ochgan va shu maktablar uchun maxsus oʻquv dasturini tuzgan, darsliklar yozgan. 1904-y. dan ijtimoiysiyosiy, madaniy xayotga aralasha boshlagan. 1906-y. dan «Oʻrta Osiyoning umrguzorligi, taraqqiy», «Taraqqiy» gaz. larida adabiy xodim. Shu yili noshir va muharrir sifatida «Xurshid» gaz. ni tashkil etgan. «Shuhrat» (1907), «Tujjor» (1907), «Osiyo» (1908) gaz. larini gʻoyaviy boshqargan va adabiy xodim vazifasini bajargan. Soʻng «Sadoyi Turkisshon» (1914—15) gaz. da masʼul muharrir muovini, «Al-isloh» jur. (1915—17)da maxfiy muxarrir, «Najot» va «Kengash» (1917) gaz. larida masʼul muharrir.

Munavvarqori turli jamiyat va uyushmalar tashkilotchisi. U «Jamiyati Imdodiya» (1909), «Turon» (1913), «Turkiston kutubxonasi» (1914), «Umid» (1914), «Maktab» (1914), «Koʻmak» (1921) jamiyat, tashkilot, shirkat va uyushmalarida muassis, muovin, rais, aʼzo. Shoʻrolar hukumati davrida Xalq dorilfununi shoʻrosining raisi, Turkiston Maorif xalq komissarligi turk shoʻbasining ish yurituvchisi (1918), Toshkent sh. maorif noziri, Sharq xalqlari syezdi (1920, Boku) delegata va hayʼati aʼzosi. BXSR Maorif nozirligi vaqf boʻlimi boshligʻi (1920—21), Toshkent sh. ijtimoiy tarbiya boʻlimi mudiri (1921), Akademmarkaz raisi (1922), Navoiy nomidagi maktab, Narimonov nomidagi ped. texnikumi, ayollar ped. intida muallim (1923 — 25), Samarqand sh. muzeyida ilmiy xodim, Oʻzbekiston osori-atiqalarni saqlash qoʻmitasining Tosh-kent-Fargʻona boʻlimida masʼul kotib (1927-28).

Munavvarqori bir qancha darslik muallifidir. Uning «Alibi avval» (1907), «Adib ussoniy» (1907), «Usuli hisob», «Tarixi qavm turk», «Tajvid» (1911), «Havoyiji diniya», «Tarixi anbiyo», «Tarixi islomiya» (1912), «Yer yuzi» (1916—17), 4 qismdan iborat «Oʻzbekcha til sabokligi» (Shorasul Zunnun va Qayum Ramazon b-n birga, 1925—26, 4qismi musodara qilingan) darsliklari bir necha marta chop etilgan. 1914-y. da taraqqiyparvar oʻzbek shoirlarining sheʼrlarini jamlab, «Sabzavor» nomi bilan nashr etgan.

Munavvarqori ijtimoiy-pedagogik faoliyat bilan birga badiiy ijod bilan ham shugʻullangan. Uning ixcham hikoyalari, talaygina sheʼrlari oʻsha davrdagi matbuot va oʻzi tuzgan hamda yozgan darsliklarga kiritilgan. Shuningdek, u oʻtkir publitsist adib sifatida tanilgan. Makrlalarida inson va jamiyat, din va dindorlik, axloq, mustamlakachilik va xurriyat, ziyolilik, uyushma, tashkilot, davlat idorasi masalalariga alohida eʼtibor qaratgan.

Munavvarqori oʻz faoliyati davomida pedagogik, matbuotchilik, muharrirlik, adiblik b-n cheklanmay, jiddiy siyosiy faoliyat ham olib borgan, shu sababli mustamlaka hukumati tomonidan bir necha bor hibs qilingan.

Yevropa savdosanoat, ilm-fanini oʻrganishga chaqirgan, maʼnaviy qoloqlikni qoralagan. Chor va shoʻro hukumatlari olib borgan mustamlakachilik si-yosatiga karshi izchil kurash olib borib, 1917—1924-y. larda «Shoʻroyi islom», «Turk adam markaziyat», «Ittihod va taraqqiyot», «Milliy ittihod», «Nashri maorif» kabi jamiyat, firqa va tashkilotlar faoliyatiga rahbarlik qilgan. U vijdon erkinligini inkor etmagan dunyoviy demokratik davlat tarafdori boʻlgan. Shu sababli Qoʻqon sh. da tashkil topgan Turkiston muxtoriyatinm (1917) qoʻllab-quvvatlagan. Umr boʻyi oʻz vatanini mustaqil koʻrishni istagan.

Munavvarqori 1929-y. 6 noyab. da qamoqqa olinib, Moskva sh. dagi Butirka qamoqxonasida qatl qilingan va Vagankova qabristoniga dafn etilgan. 1991-y. da rasman reablitatsiya qilingan.

As: Xotiralarimdan, T., 2001; Tanlangan asarlar, T., 2003.

Ad.: Ziyo Sayd, Tanlangan asarlar, T., 1974; Oʻzbekistonning yangi tarixi, 1kitob [Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida], T., 2000; Markaziy Osiyo XX asr boshida: islohotlar, yangilanish, taraqqiyot va mustamlakachilik uchun kurash, T., 2001.

Sirojiddin Ahmedov.

Prev Article

MUMTOZ RAQS

Next Article

MUNAJJIMLIK