MUNCHOQTEPA

MUNCHOQTEPAqalʼa xarobasi (mil. 2—3-a.). NamanganQoʻqon t. y. ning Urganjiy st-yasidan 1,5 km shim.-sharqda, qum barxanlari orasida bino qilingan. Munchoqtepaning uz. 94 m, eni 82 m, bal. 10 m. M. ning atrofida chuqur xandaq izi, jan.-sharqiy burchagida qalʼa arki xarobalari, shuningdek, sopol idishlar sinigʻi, xumdon qoldiklari saqlangan. Bunday buyumlar qalʼadan tashqarida, qum barxanlari ustida ham uchraydi. Bu hol M. dan tashqarida ham aholi yashaganligidan dalolat beradi. Munchoqtepa 7—8-a. larda arab istilochilari tomonidan xarobaga aylantirilgan.

Prev Article

MUNCHOQ

Next Article

MUNCHOQTEPA