Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

MUNTASIR

MUNTASIR Ismoil ibn Nuh Abu Ibrohim (? — 1005) — somoniylardan. Sulolaning oxirgi hukmdori Abdulmalik ibn Nuh (999 — 1000)ning birodari. 1000-y. ilikxonlartn Nasr M. bilan Abdulmalikni tutib Oʻzganda zindonga tashlagan. Muntasir bir xotin qiyofasida zindondan qochib, Buxoroda yashirinib yurgan, Xorazmga borib somoniylarning qolgan-qutgan askarlarini toʻplab oʻziga «Muntasir» («Gʻolib») degan unvon olgan va saltanatni tiklash uchun kurash boshlagan. 1000-y. Xuroson, Gʻazna, Nishopur tarafida Ilikxon, Qobus va Mahmud Gʻaznaviyga qarshi jang qilgan. Gʻazna aholisining yordami bilan Ilikxonni 2 bor magʻlubiyatga uchratgan boʻlsada, ana shu Gʻazna aholisining xiyonati tufayli 1005-y. da Mahmud Gʻaznaviydan yengilgan va qatl etilgan.

Prev Article

MUNTAZIR

Next Article

MUNTAXAB