MURABBA

MURABBA (arab. — toʻrtlik) — sharq sheʼriyatidagi lirik janrlardan; qofiyalanish tartibi asosida tuzilgan sheʼr. Musammat turiga mansub boshqa sheʼr shakllariga oʻxshash a—a—a—a, b—b—b—a, v—v—v—a tartibida krfiyalanadi. Misralar soniga koʻra har bir bandi ruboiy va tuyuklarga oʻxshasa ham, bir necha toʻrtlik bandlar tarzida tuzilib, bir asarni tashkil etishi, aruzning turli vaznlarida yozilishi va oxirgi toʻrtlikda shoir taxallusining koʻrsatilishi kabi xususiyatlari bilan ulardan farq qiladi. Murabba eng qadimiy shakllardan boʻlib, mustaqil toʻrtliklar shaklidagi namunalari D«yevonu lugʻotit-turk», «Qutadgʻu bilig» asarlarida uchraydi. Musammat-M., hikmat Murabba shaklidagi ilk namunalari Axmad Yassaviyning «Devoni hikmat»ida keltirilgan. 16-a. dan boshlab Fuzuliy, Mashrab ijodi bilan Murabba rivojining yangi bosqichi koʻzga tashlanadi. Bu sho-irlar orifona va oshiqona gʻazallarga xos gʻoyaviy va badiiy xususiyatlarni musammat-M. larga singdirdilar. Ularning anʼanalarini Ogahiy, Muqimiy, Bayoniy, Avaz kabi 19a. shoirlari ijodiy davom ettirdilar. Ayniqsa, Muqimiy bu janr rivojiga alohida hissa qoʻshdi. Murabba xalqona sheʼr shakllaridan biri sifatida 20-a. sheʼriyatida ham rivojlantirildi.

Prev Article

MUOMALA XARAJATLARI

Next Article

MURABBIYLIK