MURODOV Joʻrabek (1942.24.12, Tojikiston, Ayniy tumani) — tojik xonandasi (lirik tenor) va bastakor. Milliy mumtoz, zamonaviy kompozitor hamda bastakorlar asarlarining mohir ijrochisi. Tojikiston xalq, artisti (1971). Xoʻjand ped. in-tini tugatgan (1962). 1963-y. dan Tojikiston filarmoniyasi yakkaxoni. Oʻzining shirador va taʼsirchan ovozi bilan sheʼr mazmuni va nazokatini, insoniy tuy-gʻularni tinglovchi qalbiga tugal va mohirona yetkazish Murodov talqiniga xos. Repertuarida tojik xalq qoʻshiklari va zamonaviy ashulalar muqim oʻrin tutadi. «Vatan», «Ona», «Zamin», «Non ushogʻi», «Doʻstlarni yoʻqotma», «Mening koʻzlarim», «Roʻdakiy qoʻshigʻi», «Yor diydori», «K,alb zorini qaydan bilasan?», «Ul lolaruxsor» kabi qoʻshiqlari mashhur. Shuningdek, turli xalqlarning qoʻshiklari Murodov ijro dasturini boyitdi. Bastakor sifatida Hofiz Sheroziy, Jomiy, Rumiy, Bedil gʻazallari va Murodov Tursunzoda sheʼrlariga yaratgan kuylari mashhur. Osiyo, Yevropa, Amerika mamlakatlarida, shu jumladan, Oʻzbekistonda bir necha bor gastrolda boʻlgan.