MURODOV

MURODOV Kamol (1974.29.11, Olot tumani) — kurashchi, xalqaro miqyosdagi sport ustasi, «Oʻzbekiston iftixori» (1999). M. Oʻzbekiston jismoniy tarbiya in-tini (1997), Toshkent iqtisodiyot untini (2002) tugatgan. 1997-y. dan Markaziy harbiy sport klubida xizmat qiladi. Dastlab dzyudo musobaqalarida muvaffaqiyatlarga erishdi. Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston chempioni (1994, 1995, 1997—2001), Osiyo oʻyinlari bronza medali sovrindori (1998, Bangkok), Osiyo chempionati kumush medali sohibi (2000, Osaka), Gran-Pri musobaqalari gʻolibi (1998, Myunxen; 1999, NyuYork; 2000, Tunis). Kurash boʻyicha Uzbekistonning mutlaq chempioni (1997), Oʻzbekiston Prezidenta sovrini uchun oʻtkazilgan xalq-aro musobaqada vazni 90 kg boʻlishiga qaramasdan 205 kg vaznlik ukrainalik Valentin Roslyakovni magʻlub etgan (1998, Toshkent), jahonning birinchi chempioni (1999, Toshkent).

Prev Article

MURODOV

Next Article

MURODOV