MURODOV Mansurjon Nosirovich (1955.28.10, Toshkent) — ganchkor, Oʻzbekiston xalqustasi (2001). Toshkent shahar 63kasb-hunar texnika bilim yurtining ganchkorlik boʻlimini tugatgan (1974). 1974-y. dan «Usto» birlashmasi (usta Mahmud Usmonov guruhi)da ganchkor usta; 1985-y. dan oʻzi tuzgan ganchkorlik guruhiga rahbar; 1997-y. dan «Ustazoda» birlashmasida ganchkorlar ijodiy guruhiga rahbarlik qiladi. 1985-y. dan boshlab Uzbekistonda, jumladan, Temuriylar tarixi davlat muzeyi (1995), Yunusobod tennis korti (1997), Oqsaroy (1999), Shahidlar xotirasi muzeyi (2002), Oʻzbek milliy akademik drama teatri (2002) va b. ; shuningdek, Malayziya, Germaniya, Qozogʻiston kabi mamlakatlarda jamoat va davlat binolari interyerlarini ganchkorlik bezaklari bilan ziynatladi.