Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

MURTAK XALTACHASI

MURTAK XALTACHASI, murtak qopchasi (Saccus emryonalis) — nutsellusdagi hujayralardan (arxeosporalardan) biri. Ikki marta boʻlinib, xromosomalar soni reduksiyalanadi. Yangi hosil boʻlgan toʻrtta hujayradan bittasi tez oʻsib, kattalashadi va qolgan uchtasini hamda nutsellusning anchagina qismini siqib chiqara boshlaydi. Ana shu kattalashgan hujayra megaspora (makrospora) boʻlib, murtak xaltachasi deb ataladi.

Prev Article

MURTAK BEZLARI

Next Article

MURUNTOV