Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

MURTAZAYEV Asan Murtazayevich

MURTAZAYEV Asan Murtazayevich (1900.20.11, Yevpatoriya — 1983, Toshkent) — fizik kimyogar. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1961), kimyo fanlari d-ri (1950), prof. (1950), Oʻrta Osiyo untini tugatgan (1930). Oʻrta Osiyo geol. qidiruv in-ti xodimi (1930—31), Oʻrta Osiyo untida dotsent (1936—42), Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika intida (1937 — 42), Toshkent farmatsevtika in-tida (1943—77) kafedra mudiri. Ilmiy ishlari fizik kimyo va elektrokimyoga oid. Murtazayev rahbarligida metallangan grafit elektrodni potensiometrik titrlashda qoʻllash usuli ishlab chiqilgan.

Prev Article

MURTAD

Next Article

MURTAK