MUSAYEV

MUSAYEV Hamid (1933, Pastdargʻom tumani) — Uzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1994). SamDUni tugatgan (1955). 1955-y. dan Pastdargʻom tumanidagi 6-, 46-, 31-, 1962-y. dan 1maktabda ona tili va adabiyot oʻqituvchisi. Pedagogik faoliyati davomida darsni tashkil etishning yangicha, ilgʻor usullarini yaratdi, pult boshqaruvi yordamida ishlaydigan texnika vositalari bilan jihozlangan ona tili va adabiyot xonasi tashkil qildi.

Prev Article

MUSAYEV

Next Article

MUSAYLIMA