MUSAHHIH

MUSAHHIH (arab.) , korrektor — bosmaxona nusxalarida terishda yoʻl qoʻyilgan xatolarni tuzatuvchi tahririyat, nashriyot, bosmaxona xodimi. Musahhihning vazifasiga muallif qoʻlyozmasini tekshirish (orfografik, punk-tuatsion xatolarni tuzatish, abzaslar qoʻyish va h. k.) ham kiradi (yana q. Korrektura).