MUSAMUHAMEDOV Yusuf (1888 – Toshkent — 1968) — Oʻzbekiston matbaasining asoschilaridan. Mehnat faoliyatini 20-a. boshida V. M. Ilinga qarashli xususiy tipografiyada boshlagan. 1920—22 y. larda Toshkentdagi 1-bosmaxonani tashkil etishda qatnashgan va shu bosmaxonada 1932-y. gacha ishlagan. Oʻzbekiston Matbuot boshqarmasi boshligʻi muovini (1931—34). 50-y. larda respublikada matbaa kadrlarini tayyorlash, bosmaxonalar tashkil etishda katta tashkilotchilik ishlari olib borgan. Matbaachilar uchun moʻljallangan «Bosma ishlari» (1939, 1950) kitobi nashr etilgan. Oʻgʻli Yusupov Yunus Yusupovich (1907—1995) – oʻzbek matbaasi asoschilaridan, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1967). 1924—35 y. larda Tosh-kentning Eski shahar namunali bosmaxonasida harf teruvchiga shogird, harf teruvchi va bosmaxona direktori. 1935—37 y. larda partiya ishlarida, 1944—45 y. larda Toshkentdagi I-bosmaxona direktori. 1946-y. dan Oʻzbekiston Matbuot boshqarmasi, keyinchalik Uzpoligrafnashr boshligʻi. 1964— 78 y. larda «Fan» nashriyoti direktori.
Ad.: Boboxonov A., Oʻzbek matbaasi tarixidan. T., 1979.