MUTLAQ BALANDLIK

MUTLAQ BALANDLIK (altituda) – Yer yuzasida muayyan nuqtaning dengiz yoki okean suvlarining oʻrtacha satxidan boshlab ulchangan tik balandligi (m larda ulchanadi). Bu balandlikni ifodalovchi songa belgi deyiladi. Okean satxdsan balanddagi nuqtalar belgisi musbat ishora (+), pastdagi manfiy ishora (—) bilan belgilanadi. Mas, Jomolungma chuqqisining Mutlaq balandliki 8848 m, Qoragiyo — 132 m (Mangʻishloq platosida; Qozogʻiston), Mingbuloq botigʻi — 12 m (Qizilqumda; Oʻzbekiston). M. b. nivelirlash yordamida aniqlanadi.

Dengiz va okean suvlarining koʻp yillik urtacha sathi gidrometrik postlarda quzgʻalmas qilib oʻrnatilgan va gorizontal chiziqlar bilan boʻlaklarga boʻlingan mis taxtacha — futshtoksy belgilangan boʻladi. Oʻzbekiston hududida nuqtalarning Mutlaq balandlik ini Boltiq dengizidagi Kronshtadt koʻprigi ustuniga oʻrnatilgan futshtokning noliga nisbatan hisoblash qabul qilingan. Geografik xaritalarda beriladigan barcha balandliklar Mutlaq balandlik ini bildiradi.

Prev Article

MUTLAQ

Next Article

MUTLAQ GEOLOGIK YoSh