MUTLAQ QORA JISM

MUTLAQ QORA JISM — har qanday t-rada oʻziga tushayotgan barcha nurlanishlarni (toʻlqin uzunligidan qatʼi nazar) yuta oladigan jism; yutish krbiliyati birga teng. Mutlaq qora jism nurlatgan yorugʻlikning spektral tarkibi va energiyasi faqat shu jism t-rasi bilan aniqlanadi, ammo uning kimyoviy tarkibiga bogʻliq boʻlmaydi. Mutlaq qora jism k, j. tabiatda mavjud emas, uni faqat sunʼiy yoʻl bilan hosil qilish mumkin. Buning uchun ichi kovak, no-shaffof jism biror aniqtragacha qizdiriladi. Teshik A dan jism kovagi S ga kirgan har qanday nur S ichki devordan koʻp marta kaytishi natijasida toʻliq yutiladi, orqaga qaytib chiqmaydi (rasmga q.). Yuqorida koʻrsatilgan tarzda biror t-ragacha qizdirilgan jismning teshigidan chiqayotgan nurlanishni Mutlaq qora jismning nurlanishi deyish mumkin. Mutlaq qora jism qonunlari jismlarning xossalarini aniqlashga imkon beradi va muhim ilmiy va amaliy ahami-yatga ega. Mac, M. q. j. ning Plank nurlanish qonuni energiya kvantlari haqidagi gʻoyani ilgari surdi. Bu esa, oʻz navbatida, kvant mexanikaga asos soldi.

Prev Article

MUTLAQ RUH

Next Article

MUTLAQ GʻOYA