MUVASHSHAH — Andalusiya (Arab Ispaniyasi) madaniyatida 8—10-a. larda shakllangan aytim-cholgʻu turkum janri. Keyinchalik, 11 —13-a. larda M. Shimoliy Afrika va Yaqin Sharq madaniyatida keng tarqalib, arab musiqasining mumtoz shakliy-andozaviy turiga aylandi. Zamonaviy arab musiqasida «Muvashshah al-Andalusiya», «Muvashshah almisriya», «Muvashshah alhalabiya» (Halab, Suriya) va boshqa Muvashshah turlari, ijroviy uslublari mavjud. Muvashshah mashhur arab xonandasi U mm Kul sum ijodida asosiy oʻrin egallab, eng mukammal musiqiy aytim-cholgʻu janr darajasida tan olindi. Muvashshah «davr» (cholgʻu kirish qismi), «xona», «qasida», «qafla» (aytim qismlari), «qita», «silsila» (aytim — cholgʻu oraliq va yakunlovchi qismlar) kabi tarkibiy boʻlimlardan iborat.
Ad.: Yeolyan I. Traditsionnaya muzыka arabskogo Vostoka, Muvashshah, 1990.
Abdumannon Nazarov.