MUZRABOTSOY (oʻrta oqimida Kam-pirtepasoy) — Surxondaryo viloyati Sherobod va Muzrabot tumanlari hududidagi soy. Qoʻhitang togʻining jan.-sharqiy yon bagʻridan (3139 m) boshlanadi. Uz. 62 km, havzasining mayd. 126 km2 . M. ning bosh qismi Machaylisoy deb yuritiladi. Bahorda unga umumiy uz. 63 km boʻlgan 30 ga yaqin soy qoʻshiladi. Muzrabotsoyning yirik irmoklari Tomchilisoy, Anjirbuloq. Muzrabotsoydan Sherobod choʻlidagi xoʻjaliklar suv oladi.