NABONID

NABONID — Bobilning soʻnggi podshosi (mil. av. 556—539 ylarda hukmronlik qilgan). Oromiylarlan. Nabonid Eron bilan kurashish uchun Gʻarbiy Osiyoning barcha oromiy qabilalarini yagona davlatga birlashtirishga harakat qilgan. Arabistondagi Taymu va b. viloyatlarni tobe ettirish uchun 10 yil kurashgan, oʻgʻli Valtasarni Bobil noibi qilib tayinlagan. Diniy islohotlar oʻtkazgan, Oy maʼbudi Sinaga homiylik qilgan. 539-y. kuzida Bobil forslar tomonidan bosib olingan. Nabonid asir olingan.

Prev Article

NABIS

Next Article

NABOPALASAR