NAGPUR

NAGPUR — Hindistonning markaziy qismidagi shahar. Maharashtra shtatida, Nag daryosi boʻyida. Aholisi 1,96 mln. kishi (2001); asosan hindi, marathi tilida soʻzlashadi. Muhim savdo-transport tuguni. Mumbay — Kalkutta t. y. va avtomagistralining deyarli oʻrtasida joylashgan. Ip gazlama sanoatining yirik markazi. Oziq-ovqat, keramika, oynashisha, poligrafiya sanoatlari rivojlangan. Sovitkichlar i. ch., shina z-dlari mavjud. Hunarmandchilikda oltin va kumush ipli matolar toʻqiladi. Un-t, arxeologiya muzeyi, i. t. muassasalari, shahar atrofida apelsin bogʻlari bor, paxta ekiladi. Nagpur yaqinidan marganes qazib olinadi. Shaharga 18-a. boshlarida asos solingan. 18-a. ning 30-y. laridan Marath sultonligi tarkibidagi Bxonsle davlati poytaxti boʻlgan. 1853-y. Britaniya Hindistoni tarkibiga qoʻshildi va Markaziy provinsiyalarning maʼmuriy markaziga aylandi. 1950—56 y. larda Madxya-Pradesh shtatining maʼmuriy markazi boʻlgan.

Prev Article

NAGASAKI

Next Article

NADDOF