NAJAF

NAJAF, annajaf — Iroqning jan. qismidagi shahar, Furot daryosining oʻng sohilida. Najaf muhofazasining maʼmuriy markazi. Aholisi 310 ming kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari). Najaf — Makka va Madinaga boriladigan yoʻl yoqasidagi savdo-trans-port markazi. Shaharga 8-a. oʻrtalarida asos solingan. 11-a. da devor bilan oʻralgan. Najaf — shialarning muqaddas shaharlaridan. Najafda xalifa Ali masjid-maqbarasi (Abbosiylar davrida qurilgan) bor.

Prev Article

NADIMIY

Next Article

NAJAFOV