NAMANGAN «NOTOʻQIMACHI» AKSIYADORLIK JAMIYATI — «Oʻzbek yengilsanoat» davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi sanoat korxonasi. 1932-y. da «Besh yillik» arteli nomi bilan tashkil etilgan. 1941—43 y. da front uchun shinel va movutlar ishlab chikarilgan. 1965-y. dan korxona yigiruvtoʻquv notoʻqima mato f-kasiga, 1982-y. da Baliqchi notoʻqima mato f-kasi ishga tushirilgach, notoʻqima mato i. ch. birlashmasiga aylantirildi. 1994-y. dan hoz. nomda. 1995-y. da sunʼiy moʻyna i. ch. texnologiyasi oʻzlashtirildi.
Korxonada, asosan, mahsulot oʻrash uchun notoʻqima mato, paxtali vatin va sunʼiy moʻyna ishlab chiqariladi. 2002-y. da 16,5 mln. m2 notoʻqima matolar tayyorlandi.