NAMOYON

NAMOYON (fors. — koʻrinish, manz-ra) — naqsh mujassamoti; atrofi hoshiya naqsh (koʻpincha zanjira, ruta) bilan oʻralgan bezak, tasvir va b. dan iborat. Amaliy bezak sanʼatida vokelik (chamanzor, bogʻu boʻston, daryo, gul, barglar va b.) ning shartli umumlashma tasviriy obrazini oʻzida aks ettiradi. Asosan, Oʻrta Osiyo naqqoshligiga xos boʻlib, mustaqil naqsh mujassamotining eng murakkab turi. Namoyon yaratishda usta naqqoshlar girih va islimiy naqshlardan mohirona foydalanadi, Namoyonni uzoq va yaqindan koʻrinishini qisobga oladi. Naqshning band va tanoblarini darajalarga ajratib, bi-rinchi darajali naqsh chiziklariga alohida ahamiyat beradi. Namoyonda girih asosiy, oʻsimliksimon naqsh toʻldiruvchi oʻrin tutadi va u asosiy naqsh (gi-rih)ni bosib oʻtmaydi. Faqat girixdan tuzilgan Namoyonda ham asosiy va toʻldiruvchi naqshlar boʻladi, yaʼni yirik girihlar ichiga maydalari chiziladi. Oʻzbekiston hududidagi har bir vohada Namoyon bir-biridan farq qiluvchi oʻziga xos bezak uslubiga ega: Xiva naqqoshligida Namoyon bandlari birbiri bilan oʻzaro chetan kabi bogʻlanadi, barglar kam ishlatiladi, mujassamot rivojlanish xususi-yatiga ega, unda harakat, mavj koʻproq koʻzga tashlanadi; Toshkent naqkrshligida Namoyonlar oʻsimlik gullarining koʻpligi bilan ajralib turadi; Fargʻona N. larida tabiatdagi gul, barg, mevalar va b. toʻgʻridan-toʻgʻri tabiiy shakdda tasvirlanadi. Zamonaviy meʼmorlikda, binolar bezaklarida, mustaqil amaliy bezak sanʼati asarlarida Namoyonlar rang-barang: mehrobi N., chorsi N., seraftor Namoyon, majnuntol N. va b. Jumladan, Navoiy teatri binosi bezaklarida Namoyonning ajoyib namunalarini koʻrish mumkin.