NASTURAN

NASTURAN (yun. nastos — zichlashgan va lot. uranium — uran) , uran smolali ruda — sodda oksidlar sinfiga mansub mineral. Uranitning kri-stallokimyoviy analogi. Massiv va kollomorf agregatlar. Tarkibida oʻzgaruvchan miqdorda UO3 (20—55%) va UO2 (25—60%) boʻladi. Qushimcha sifatida radiogen qurgʻoshin, Sa, baʼzan nodir-yer elementlari, shuningdek, suv uchraydi. Nasturanning kristallik strukturasi, odatda, uraninitga mos keladi. Rangi qora, smolasimon yaltiroq, shaffof emas. Qattiqligi mineralogik shkala buyicha 4—6; zichligi UO2 va UO3 nisbatiga qarab, 4500 dan 9000 kg/m3 gacha oʻzgarib turadi. Elektromagnit xossasiga ega. Nihoyatda kuchli radioaktiv. U ning eng kup tarqalgan minerali. Murakkab gdirotermal tipli konlarda Sn va W minerallari, shuningdek, kobalt, nikel, temir arsenidlari b-n, mis, qoʻrgʻoshin, vismut, kumush va b. ning sulfidlari bilan birga hosil boʻladi. Urantemir rudali konlarda gematit, magnetit va b. bilan birga uchraydi. Chukindi tipli konlarda, konglomeratlarda esa kora uran deb ataluvchi ku-kunsimon, tuproqli agregatlarda ham maʼlum. Uran va radiyning asosiy sanoat minerallaridan biri.

Prev Article

NASTAʼLIQ

Next Article

NASX