NASX (arab. — bekor qilish) — Qurʼon oyatlaridan ayrimlarining qiroati va yozuvini oʻzgarishsiz saklagan holda, ularni faqat amaldan koldirish, tatbiq etmaslik. Shu kabi oyat — «mansux» (bekor qilinuvchi), uni bekor qiluvchi oyat — «nosix» deb ataladi. Islom tarixiga koʻra, Qurʼon oyatlari yaxlit emas, balki vaqt-vaqti b-n, zarurat va ehtiyojga koʻra, 23 y. mobay-nida nozil qilingan. Bu asnoda shari-atning ayrim hukmlari oyat va xddislar koʻrsatmasi bilan yangilanib turgan. Shuning uchun baʼzi oyatlar mazmuni bir-biriga zid tuyuladi. Bunday vaqtda ulardan qaysi biri keyin nozil qilingan boʻlsa, oʻshanisi nosix, oddin nozil qilingani esa, mansuxdir.