NATRIY KARBONAT

NATRIY KARBONAT — kalsiylangan soda, karbonat kislotaning nat-riyli tuzi Na2CO3. Kub panjarali kri-stallardan iborat rangsiz gigroskopik modda. Suyuklanish t-rasi 858°, zichligi 2,5326 g/sm3L Suvda 0° da 6,54%, 20° da 17,69%, 100° da 31,29% eriydi. Suvda eriganda issiklik ajralib chiqadi. Suvli eritmada 32° da yirik tiniq Na2CO310H2O, 32° va 34,8° orasida Na2CO3H2O, 34,8° dan yuqorida Na2CO3H2O koʻrinishida kristallanadi. Natriy karbonat ochiq havoda saqlansa, SO2 ni yutib uyushib qoladi. Toʻqimachilik, qogʻoz, shisha, neft sanoatida, sovun i. ch. da va b. sohalarda qoʻllanadi.

Prev Article

NATRIY

Next Article

NATRIY LAMPA