NAVBAHOR

NAVBAHORFargʻona viloyati Furqat tumanidagi qishloq. Tuman markazi. T. y. stansiyasi — Yaypan. N. dan Fargʻonagacha 105 km. Aholisi 3,1 ming kishidan ziyod (2003). Soʻx soyidan suv oladi. Navbahorda tuman tashkilot va idoralari, «Ishonch» ip-yigiruv korxonasi, 2 umumiy taʼlim maktabi, ixtisoslashtirilgan litsey, madaniyat uyi, markaziy stadion, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud. Navbahor orkali Toshkent—Andijon t. y. va Xoʻjand—Qoʻqon avtomagistrali oʻtgan.

Prev Article

NAVBAHOR

Next Article

NAVBAHOR TUMANI