NAVBAHOR — otashparastlarning qad. butxonasi. Balxning jan. tarafida shahar yonida joylashgan. Ibn alFaqihning yozishicha, Navbahorda otashparastlarning juda katta maʼbudasi boʻlgan va unga sigʻinish uchun tevarak-atrofdan juda koʻp kishi kelib turgan. Navbahor koʻp marta buzilib, yana tiklanib turgan. U birinchi marta Arab xalifaligi davrida vayron qilingan.