NAVOB — Boburiylar saltanati viloyat hokimi. 18-a. ning 1-yarmida saltanat inqirozga yuz tutgach, Bengaliya, Arkot, Aud va b. ning Navob lari mustaqil hokim boʻlib qolganlar. 18-a. ning 2-yarmida ingliz mustamlakachilari Navoblarni oʻzlariga boʻysundirganlar va shundan keyin Navoblarni tayinlash, vazifasidan chetlatish ular ixtiyorida boʻlgan.