NAVROʻZ (1922-y. gacha Yangiobod) — Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanidagi qishloq, tuman markazi. 1980-y. da tashkil etilgan. Viloyat markazi va yaqin t. y. stansiyasi Gulistongacha 12 km. Aholisi 1200 kishi (1998). Navroʻzda tuman hokimiyati binosi, dehqon bozori, korxonalar, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, umumiy taʼlim maktabi, iqtidorli bolalar litseyi, stadion, tennis korti, tish davolash poliklinikasi, tez tibbiy yordam punkti va b. muassasalar bor.