NAYZABOZLIK — qoʻl jangi turlaridan biri; raqibni nayza sanchib mahv qilish. Nayzabozlik jang qilishning qad. usullaridan biri boʻlib, nayza paydo boʻlishi bilan vujudga kelgan. Nayzabozlikda himoya vositasi sifatida qalqon va sovutdan foydalanilgan. 19-a. ning oʻrtalaridan boshlab, miltiqqa nayza oʻrnatilgach, Nayzabozlik zarur boʻlgandagina qoʻllanilgan.