Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

NAZARMAT

NAZARMAT (Nazarmat Egamnazarov; 1917.7.11, Tojikiston, Xoʻjand, Nov qishlogʻi) — shoir, jurnalist. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1967). Samarqand un-tini tugatgan (1941). 2-jahon urushi kdtnashchisi. «Qizil Oʻzbekiston» (1947—54), «Toshkent haqiqati» gaz. tahririyatida adabiy xodim, boʻlim mudiri (1954—85). Ijodiy faoliyati 30-y. lar oxirida boshlangan. «Yoshlik zavqi» (1941), «Vatan ishqi» (1949), «Yashil dalalar» (1955), «Sir boʻyi — nur boʻyi» (1959), «Togʻdagi gulxanlar» (1962), «Nay sadosi» (1965), «Bahor qoʻshigʻi» (1968), «Shahrimiz bolalari» (1970), «Mangu olov» (1972) sheʼriy toʻplamlari muallifi. Koʻplab sheʼrlari qoʻshiq boʻlgan. «Yurakdagi oʻq» dostoni (1965) va «Sayyod jasorati» qissasi (1973) 2-jahon urushi mavzuida. Abulqosim Firdavsiy, Xisrav Deqlaviy, Abdurahmon Jomiy, Bedil, Mirzo Tursunzoda, Mirshakar va b. shoirlarning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Ad.: Nazarmat, T., 2003.

Prev Article

NAZARIYA