NEFT

NEFT (turkcha neft, fors, neft) , qoramoy — suyuq yonuvchi qazilma boylik, organik birikmalarning, asosan, uglevodorodlarning murakkab aralashmasidan iborat modda. Yer yuzasidan, asosan, 1,2—2,0 km chukurlikdagi yer osti gumbazlarining gʻovak yoki seryoriq togʻ jinslari (qum, qumtosh, ohaktoshlar)da joylashgan. Chiqarilayotgan Neft, asosan, burgʻilangan quduklardan olinadi.

Neft oʻta muhim yonilgʻi-energiya manbai boʻlib, benzin, kerosin yonilgʻisi, mazut, moylash materiallari va bitumlar olishda asosiy xom ashyo sifatida ishlatiladi.

Neft kora yoki qoʻngʻir, baʼzan och malla rangli boʻlib, oʻziga xos hidi bor. Zichligi 750—970 kg/m3. Zichligi 20° da 850 kg/ m3 dan past boʻlgan Neftlar yengil, 851 —885 kg/m3 — oʻrtacha ogʻirlikdagi va 885 kg/m3 dan yuqorilari ogʻir Neft hisoblanadi. Qaynash t-rasi 28° dan yukrri. Qotish t-rasi —60°dan —26° gacha, 50° dagi krvushokligi 1,2—55 mm2/s, solishtirma issiqlik sigʻimi 1,7—2,1 kJ/ (kg. K), yonish issikligi 43,7—46,2 MJ/ kg ga teng. Chaqnash harorati 35 — 120°. Organik erituvchilarda eriydi, suvda erimaydi, lekin suv bilan turgʻun emulsiya hosil qiladi.

Neft tarkibida parafin, naften va aro-matik uglevodorodlar boʻladi, uglerod 82—87%, vodorod —11,5—14,5%, oltingugurt 0,1—5,5%ni tashkil etadi. Bundan tashqari, vanadiy, nikel, kalsiy, magniy, temir, alyuminiy, kremniy, natriy kabi 20 dan ortiq elementlar, 5% gacha har xil aralashmalar — naften kislotalar, asfalt-smola moddalar, merkaptanlar, vodorod sulfid, tiofen va tiofanlar, disulfidlar, piridin, piperidin va b. mavjud. Neft tarkibidagi oltingugurt miqdoriga qarab kam oltingugurtli (0,6% gacha), oltingugurtli (0,6—1,8%) va koʻp oltingugurtli (1,8%dan ortiq) sinflarga boʻlinadi.

Baʼzi olimlar Neftni tabiatdagi kimyoviy oʻzgarishlar natijasida hosil boʻlgan deb hisoblaganlar. Bu hakda 2 qarama-qarshi fikr — anorganik va organik gipotezalar mavjud. Anorganik gipoteza asoschisi fransuz kimyogari M. Bertlo (1866) Neft yer kaʼrida karbonat kislotaning ishkrriy metallarga taʼsiri natijasida, shunga oʻxshash, D. I. Mendeleyev (1877) yer qaʼriga sinish zonalari orqali tushgan suvning uglerodli metall (karbid) larga taʼsiri natijasida hosil boʻlgan, degan fikrni bildirganlar.

20-a. boshlarida esa Neft hosil boʻlishining organik gipotezasi rivojlanti-rildi va choʻkindi jinslardagi sapropel (organik balchiq) bilan Neft uzviy alo-qada deb topildi. Bu gipotezaga koʻra, Neft koʻl va dengiz ostida choʻkindi jinslar bilan birga choʻkadigan har xil yirik hayvonlar (qad. ixtiozavrlar, kitlar va kashalotlar)dan tortib planktonlargacha boʻlgan jonivorlar va oʻsimlik qoldiqlaridan hosil boʻlgan. Dengiz va koʻl tubida yigʻilgan organik moddaning bir qismi dengiz jonivorlariga oziq boʻlsa, bir qismi suvda erigan kislorod bilan oksidlanib yoʻqolgan va organik moddaning juda oz (2—3% gacha) miqdori dengiz tubida loyqaga aralashib, unga qoramtir tuye bergan. Loyka ichida organik modda kislorodsiz muhitda anaerob bakteriyalar taʼsirida oʻzgargan. Choʻkindi jinslar tarkibidagi sapropelning bir necha mln. yillar davomida oʻzgarib Neft hosil boʻlishi lab. sinovlarida amaliy jihatdan oʻrganilgan. Bunda Yer poʻstining 1200—1500 m chuqurligidagi organik moddalarning murakkab molekulalari parchalanib, gazeimon, suyuq va qattiq uglevodorodlar ajralib chiqishi mumkin. Undan ham chuqurroq (3000—4000 m)da jarayon yanada tezlashib, Neft hosil boʻlishining bosh fazasini vujudga keltirgan va uglevodorodlar maksimal miqdorda ajralib chiqqan.

Neft li qatlamlar Yer poʻsti tarixining hamma davrlariga mansub qavatlarida uchraydi, ammo eng koʻp zaxirasi devon, yura, bur va toʻrtlamchi davr yotqiziqlarida joylashgan. Neft li qatlamlar mayd. 1000 km2, qalinligi 100 m gacha yetib, bir konda bir necha Neft li katlam mavjud boʻlishi mumkin.

Neft juda kddimdan ishlatib kelingan. Yaqin Sharkda joylashgan qad. davlatlarda aholi N. va bitumdan foydalanganligi haqida maʼlumotlar saqlanib qolgan. Jumladan, tarixiy manbalarda Suriya va Iroqsan oqib utadigan Furot daryosining sohillarida mil. dan 4—6 ming yil avval, ikki dare oraligʻiga joylashgan Shumer davlati (hoz. Iroq)da, Bobilda, Qad. Misrda yunon va rimliklar idishlar yasashda, haykallarni bezashda, saroy va yoʻl qurilishlarida, jasadlarni balzamlash va mumiyolashda Neft ishlatganliklari qayd etilgan. Neft kuygan joyni, shish, revmatizm va teri kasalliklarini davolashda ishlatilgan. Yunon tabibi Gippokrat N. bilan tayyorlangan dorilar tarkibini, italiyalik mash-hur sayyox. Marko Polo (1254—1324) Kavkazda «yer moyi» borligini, undan yonilgʻi sifatida foydalanish va tuyalarni davolashda ishlatish mumkinligini yozib qoldirganlar. Kds. sharqda Neftdan harbiy maqsadlarda ham foydalanganlar. Shuningdek, mil. av. 331-y. N. dan Genuya (Italiya) koʻchalarini yori-tishda foydalanganliklari maʼlum.

Neft chiqarish qadim zamonlardan maʼlum. Mil. av. Kissiyada Neft quduklardan chiqarilgan. Midiya, Bobil va Su-riyada Neft ochiq suv havzalari yuzidan yigʻib olingan. Oʻsha davrda yerni bur-gʻilamasdan yer yoki suv yuzasidagi, qudukdardagi tayyor Neftni yigʻib olganlar. 15-a. da Italiyada Neft li qumtosh va ohaktoshlarni qizdirib va siqib Neft olingan. 1868-y. da Qoʻqon xonligida koʻldan ariqlarda oqib chiqadigan suv yuzasidan Neft yigʻib olingan; buning uchun ariqlarga ostidan suv oʻtadigan, yuzida esa Neft yigʻiladigan toʻsiq qilingan. 17-a. da Bokuda quduqlardan Neft chiqarilgan. Bunday quduqlarning chuq. 27 m gacha boʻlib, devorlari toshlar yoki yogʻochlar bilan mustah-kamlangan.

Oʻzbekistonda Neft chiqarish 1876-y. dan boshlangan. Fargʻonaning Qamishboshi qishlogʻida tadbirkor D. P. Petrov tomonidan 19-a. ning 80-y. lari boshida 25 metrgacha burgʻilangan 2 ta quduqning har biridan kuniga 10 pud (160 kg) gacha Neft chiqarilgan.

19-a. ning 60-y. laridan Neft burgʻi quduqlari orqali chiqarila boshladi. 1865-y. da AQSHda birinchi marta Neft mexanik usulda (nasos yordamida) chiqarilgan. Bu usul 1874—95 y. larda Gruziya, Boku va Groz-niydagi konlarda ham joriy etilgan. Neftni burgʻi kuduklari orqali chiqarish usuli, asosan, 20-a. ning 30-y. lariga kelib ancha takomillashdi.

Neft chiqarish uchun Neft atrofida joylashgan suv yoki gaz bosimini oshirish usuli bilan qatlam gʻovaklaridagi Neft quduq zaboyiga yigʻiladi. Suv bosimi, odatda, boshlangʻich Neft zaxirasining 50—80% ini, gaz esa atigi 20 — 50%ini siqib chiqaradi. Odatda, ta-shqaridan berilayotgan suv qazib chiqarilayotgan Neftning oʻrnini toʻla egallay olmaganligidan bosim kamayib ketadi. Natijada Neftning favvora boʻlib tabiiy otilishi tugaydi. Shundan keyin Neft kompressor yordamida chikariladi.

Neftni kompressor bilan chiqarishda quduqqa Neft gazi yoki havo haydaladi; ular Neftga aralashib, zichligini kamaytiradi, natijada Neft va gaz aralashmasining sathi kuduq yuzasigacha koʻtari-lib, Neftning favvora boʻlib otilishi davom etadi. Neft quduklardan Neft nasosi yordamida ham chiqariladi.

Qatlam bosimining pasaya borishi natijasida quduq debitining tushishi Neft chiqarishning iqtisodiy koʻrsatkichlarini yomonlashtiradi. Neft konlarini ishga tushirish nazariyasi, ayniqsa, yer osti gidrogazodinamikasining rivojlanishi natijasida Neft chikarishning yangi usullari ishlab chiqildi. Bularda Neft qatlamlariga suv yoki gaz haydash yoʻli bilan qatlam bosimini butun ekspluatatsiya mobaynida deyarli birday ushlab turish mumkin.

Ad.: Akramxodjayev A. M., Genezis nefti i gaza, M., 1967; Geologiya i metodы izucheniya neftegazononosti drevnix delt: M., 1986.

Ehson Umarov.