NEOPLATONIZM (neo… va platonizm) — yunon falsafasidagi oqim. 3 — 6-a. larda paydo boʻlgan. Neoplatonizm namoyandalari Plotin, Porfiriy, Prokl. N. vakillari Platonntg moddiy dunyo gʻoyalar dunyosining soyasi ekanligi toʻgʻrisidagi fikrini yana xam diniy shaklda bayon etdilar. Neoplatonizmning asosiy mazmuni Platon triadasi — «yagona», «aql» (nus), «jon» dialektikasini ishlab chiqishdan iborat. Unga koʻra, borliqning asosida xudo, qandaydir bilish va tushuntirib berish mumkin boʻlmagan boshlangʻich mohiyat yotadi. Eng oliy mohiyat — xudo emanatsiya yoʻli bilan avval dunyo-viy aklni, keyin dunyoviy ruhni yara-tadi, undan keyin — soʻnggi bosqichda idrok qilinadigan moddiy dunyoni yaratadi. Neoplatonchilar fikricha, insonning yashashidan maqsad — ruhni tanadan, gunoxlardan xalos etib, yana xudoga yaqinlashishdan, uning sharofatiga erishishdan iborat. Insonning gunohga botib qolganligini asoslashga urinish, inson fikrining erkin-ligi va mustaqilligiga ishonmaslik — N. da uchraydigan asosiy belgilar deb hisoblashadi. Neoplatonizm islom falsafasiga xam muayyan taʼsir koʻrsatgan. Suxravardiy va Gʻazoliy qarashlarida, tasavvuf taʼlimotida Neoplatonizmning baʼzi belgilarini uchratish mumkin.