NEYTRON (ing. neitron, lot. neuter — unisi ham, bunisi ham emas) — tinch holatdagi massasi 1,67 – 10~24 g, spini 1/2, radiusi 1,23 • 10^23 sm, magnit momenti 1,913 yadro magnetoniga teng boʻlgan elektr jihatdan neytral (elektr zaryadi nolga teng) elementar zarra; atom yadrosining tarkibiy qismi. Proton kabi Neytron ham nuklon deb yuritiladi. Barionlar guruhiga kiradi. Neytronni J. Chedvik kashf etgan (1932). Er-kin holda Neytron uzok, vaqt yashay olmaydi: oʻrtacha yashash davri t= 16 min. N. ning yarim parchalanish davri 11,7 min., shu vaqt davomida u proton, elektron va antineytrinoga aylanadi.
1956-y. da Neytronning antizarrasi — antineytron topildi. Uning massasi Neytron massasiga teng, magnit momenti esa qaramaqarshi ishorali, yaʼni musbat. Antineytron radioaktiv boʻlib, u antiproton, pozitron va neytrinoga parchalanadi. Neytron markazida qandaydir zaryadli «oʻzak» mavjud. Bu oʻzak atrofida qarama-qarshi zaryadli aylanuvchi qatlam bor, lekin bir butun holda Neytron elektr neytral zarradir. Neytron energiyasiga koʻra ultrasovuq (10~7 eV gacha), juda sovuq (10~7—10~4 eV), sovuq (1(N — 5-10-3 eV), issiq (510 3—0,5 eV), rezonans (0,5—10 4 eV), oraliq (104— 105 eV), tez (105—108eV), yuqori energiyali (108 — 10|0 eV) va relyativistik (4Yu10 eV) boʻladi. Energiyasi 105 eV gacha boʻlganlari sekin Neytron deyiladi.
Neytronlar fanning turli sohalarida keng qoʻllaniladi. Neytronlar ham boshqa radioaktiv nurlar singari organizmga biologik taʼsir koʻrsatadi. Neytron xususiyatlaridan tibbiyotda (Mas, neytronoterapiya), geologiyada (neytron karotaj va b.) keng foydalaniladi. Maxsus usullar (Mas, radioaktivatsion usul) yordamida Neytronni aniklab, moddalarning tarkibi oʻrganiladi.