NIMCHA — xotin-qizlarning yengsiz va yoqasiz kalta ustki kiyimi; koʻylak ustidan kiyiladi. Bichimi turlicha — oldi ochiq (uchburchak shaklda chuqur oʻyilgan), tugmachali, avra-astarli, baʼzan ikki yonida choʻntaklar qilingan. Avrasi baxmal, parcha, kimxob, shoyi va b. matolardan, astari ip matolardan tayyorlanadi; duxobadan yoqali va yoqasiz qilib, baʼzan orasiga yupqa paxta solib qavib paxtali Nimchalar ham tayyorlanadi. Kashta tikib bezatilgan (zardoʻzi N., iroqi N. va b.) turlari hozirda ham keng tarqalgan. Nimcha qizlarning sepiga kirgan.